Davomatdan ishga qabulgacha, bitta HR platformada
Ko'p kompaniyada davomat bitta dasturda, maosh Excelda, vazifalar messenjerda, nomzodlar esa alohida jadvalda yuritiladi. Oy oxirida bularning hammasini qo'lda birlashtirish kerak bo'ladi. OneWork bu jarayonlarni bitta HRM tizimiga yig'adi: xodim ishga qabul qilinganidan boshlab, uning davomati, ish soatlari, maoshi, vazifalari va o'qishi bir joyda yuritiladi.
HRM tizim nimalarni qamraydi
Quyidagilarning hammasi bitta hisobda ishlaydi, alohida dastur sotib olish shart emas.
Davomat va ish vaqti
Face ID terminal yoki mobil ilova orqali kelish-ketish yoziladi. Kechikish, erta ketish va ish soatlari o'zi hisoblanadi.
Maosh, jarima va bonus
Ishlangan vaqtga qarab maosh hisoblanadi. Jarima, bonus va avanslar shu yerda yuritiladi, alohida jadval kerak emas.
Vazifalar va muddatlar
Vazifa qo'yiladi, muddat belgilanadi va holati Kanban ko'rinishida kuzatiladi.
Ta'til va so'rovlar
Xodim ilovada ta'til yoki chiqish so'rovini yuboradi, rahbar shu yerda tasdiqlaydi.
Ishga qabul
Vakansiya ochiladi, nomzodlar oqimi yuritiladi va tanlangan nomzod bir tugmada xodimga aylantiriladi.
O'qitish markazi
Xodimlar uchun kurslar va testlar tayyorlanadi, yakunda QR kodli sertifikat beriladi.
Rollar va loglar
Har bir foydalanuvchiga o'z roli beriladi, har bir amal logda saqlanadi.
Hisobot va Telegram
Kunlik, oylik va yillik hisobotlar tayyor turadi. Rahbar ularni Telegram orqali belgilangan vaqtda oladi.
Boshqa HR platformalardan farqi
Davomat asosi mustahkam
Ko'p HRM tizimida davomat qo'shimcha modul. Bizda u asos: Hikvision Face ID va GPS geozona bitta tizimda ishlaydi, ya'ni ofis va dala xodimlari birga yuritiladi.
Internetsiz to'xtamaydi
Aloqa uzilganda ma'lumot qurilmada saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuklanadi. Buni raqobatchilar reklama qilmaydi.
Narx ochiq
Tarif saytda yozilgan. Demo so'rab, keyin narx eshitish uchun kutish kerak emas.
Sakkiz tilda
Interfeys va qo'llab-quvvatlash sakkiz tilda. Ko'p millatli jamoa uchun qulay.
HR platforma bo'yicha savollar
- OneWork to'liq HRM tizimmi yoki faqat davomat dasturimi?
- Ikkalasi ham. Asosi davomat nazorati, lekin ustiga maosh, vazifalar, ta'til, o'qitish va ishga qabul modullari qurilgan. Faqat davomat kerak bo'lsa, qolganini ishlatmasangiz ham bo'ladi.
- Kadrlar hujjatlarini ham yuritadimi?
- Xodimlar bazasi, rollar, ta'til va chiqish so'rovlari tizim ichida yuritiladi. To'liq elektron hujjat aylanishi (KEDO) hozircha kirmaydi.
- 1C yoki boshqa buxgalteriya dasturi bilan bog'lash mumkinmi?
- Hisobotlarni eksport qilib ishlatish mumkin. Bevosita integratsiya bo'yicha operator bilan gaplashish kerak.
- Kichik jamoa uchun ham to'g'ri keladimi?
- Ha. Tarif xodimlar soniga qarab belgilanadi, eng kichigi 1 dan 20 nafargacha. Filiallar soni cheklanmagan.
HR jarayonlaringizni 14 kun bepul sinab ko'ring
Karta talab qilinmaydi. Sozlash bir kunda tugaydi, kerak bo'lsa modullarni bosqichma-bosqich yoqasiz.
Har bir soha o'z tartibida ishlaydi
Zavoddagi smena bilan ofisdagi ish kuni bir xil emas. Qurilishdagi ishchi terminal oldidan o'tmaydi, restorandagi ofitsiant esa kuniga ikki marta almashadi. Quyida har soha uchun OneWork qanday sozlanishi ko'rsatilgan.
Sohalar