OneWork
Logistika

Dala va omborxona xodimlarini GPS bilan yuriting

Logistikada xodimning ko'p qismi ofisda emas, yo'lda yoki omborda bo'ladi. Terminal oldidan o'tish imkoni yo'q. OneWork mobil ilovadagi geozona orqali belgilashni yo'lda ham ishlatadi.

Logistikada nima qiyin

  • Xodim bir joyda turmaydi

    Haydovchi va ekspeditor kun davomida bir necha manzilda bo'ladi. Terminal bilan yozish mumkin emas.

  • Ombor va ofis alohida

    Ombordagi smena bilan ofisdagi ish kuni har xil, lekin hisob bitta joyda kerak.

  • Aloqa yo'q joylar

    Yo'lda internet uzilib turadi. Shu paytdagi belgilashlar yo'qoladi.

OneWork qanday hal qiladi

  • Geozona bilan belgilash

    Ombor, sklad yoki mijoz manzili atrofida geozona qo'yiladi. Belgilash faqat shu doirada qabul qilinadi.

  • Internetsiz ishlaydi

    Aloqa yo'q bo'lsa yozuv telefonda saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuklanadi.

  • Ombor uchun terminal

    Doimiy ish joyi bor omborga Face ID terminal qo'yiladi, dala xodimlari ilovada qoladi.

  • Vazifalar va muddatlar

    Yetkazish vazifalari muddat bilan qo'yiladi va ilovada holati kuzatiladi.

Logistikada bir kun

  1. 07:00

    Ombor smenasi terminalda belgilaydi.

  2. 10:30

    Ekspeditor mijoz manzilida ilova orqali belgilaydi.

  3. 18:00

    Aloqa qaytgach yo'ldagi yozuvlar tizimga yuklanadi.

Joriy etish qanday ketadi

  1. 01

    Ehtiyojni aniqlaymiz

    logistika ish tartibini, smenalar va filiallar sonini birga ko'rib chiqamiz.

  2. 02

    Qurilma yoki ilova

    Face ID terminalini o'rnatamiz yoki mobil ilova va geozonalarni sozlaymiz.

  3. 03

    Qoidalarni sozlaymiz

    Smena vaqti, kechikish, jarima va bonus qoidalari sizning tartibingizga moslanadi.

  4. 04

    Ishga tushiramiz

    Xodimlarni qo'shamiz, yuzlarni yozamiz va jamoangizga ishlashni ko'rsatamiz.

Sozlash odatda bir kunda tugaydi. 14 kunlik bepul sinov davomida tizim to'liq ishlaydi va karta talab qilinmaydi.

Logistika uchun savollar

Xodim geozonadan tashqarida belgilay oladimi?
Siz qanday sozlaganingizga bog'liq. Geozonani majburiy qilib qo'yishingiz yoki bo'shatishingiz mumkin.
Internet bo'lmasa yozuv yo'qoladimi?
Yo'q. Yozuv telefonda saqlanadi va aloqa qaytganda avtomatik yuklanadi.
Ombor va dala xodimlari bitta hisobdami?
Ha. Ikkalasi bitta panelda ko'rinadi, faqat belgilash usuli har xil bo'ladi.
Haydavchi bir kunda bir necha manzilda belgilay oladimi?
Ha. Har manzil uchun alohida geozona qo'yiladi va har belgilash alohida yoziladi.
Telefon zaryadi tugasa nima bo'ladi?
Oxirgi belgilangan vaqt saqlanib qoladi. Telefon yoqilgach, saqlangan yozuvlar tizimga yuklanadi.

Logistikangizda 14 kun bepul sinab ko'ring

Bitta brigadadan boshlang. Karta talab qilinmaydi.