OneWork
Qurilish

Obyektdagi ishchilarni joyida belgilang

Qurilishda obyekt tez-tez o'zgaradi, doimiy kirish nuqtasi bo'lmaydi va aloqa har joyda ham yo'q. OneWork obyekt atrofiga geozona qo'yadi va ishchi telefonidan belgilashni shu doirada qabul qiladi.

Qurilishda nima qiyin

  • Doimiy kirish nuqtasi yo'q

    Obyektda eshik va turniket bo'lmaydi. Terminal o'rnatish har safar amaliy emas.

  • Ishchi soni o'zgaruvchan

    Brigada tarkibi har hafta o'zgaradi. Kim qancha kun ishlagani aniq yozilmaydi.

  • Obyektda aloqa zaif

    Yangi qurilish maydonida internet ko'pincha yo'q yoki juda sekin bo'ladi.

OneWork qanday hal qiladi

  • Obyekt bo'yicha geozona

    Har obyekt atrofiga doira qo'yiladi. Belgilash faqat shu doira ichida qabul qilinadi.

  • Internetsiz yozadi

    Aloqa yo'q bo'lsa ma'lumot telefonda turadi va internet paydo bo'lganda yuklanadi.

  • Ishlangan kun va soat

    Har ishchining kun va soatlari avtomatik hisoblanadi, maosh shu asosda chiqariladi.

  • Obyektlar alohida

    Har obyekt alohida filial bo'ladi. Qaysi obyektda qancha ishchi borligini ko'rasiz.

Obyektda bir kun

  1. 07:30

    Brigada obyektga keladi, geozona ichida belgilaydi.

  2. 12:00

    Tushlik tanaffusi yoziladi, soatlardan ayriladi.

  3. 18:00

    Kun yopiladi, ishlangan soat maosh hisobiga tushadi.

Joriy etish qanday ketadi

  1. 01

    Ehtiyojni aniqlaymiz

    qurilish ish tartibini, smenalar va filiallar sonini birga ko'rib chiqamiz.

  2. 02

    Qurilma yoki ilova

    Face ID terminalini o'rnatamiz yoki mobil ilova va geozonalarni sozlaymiz.

  3. 03

    Qoidalarni sozlaymiz

    Smena vaqti, kechikish, jarima va bonus qoidalari sizning tartibingizga moslanadi.

  4. 04

    Ishga tushiramiz

    Xodimlarni qo'shamiz, yuzlarni yozamiz va jamoangizga ishlashni ko'rsatamiz.

Sozlash odatda bir kunda tugaydi. 14 kunlik bepul sinov davomida tizim to'liq ishlaydi va karta talab qilinmaydi.

Qurilish uchun savollar

Obyektda terminal shartmi?
Yo'q. Qurilishda odatda faqat mobil ilova va geozona ishlatiladi.
Yangi obyekt qo'shish qancha vaqt oladi?
Bir necha daqiqa. Obyekt filial sifatida qo'shiladi va geozona xaritada belgilanadi.
Ishchida smartfon bo'lmasa nima bo'ladi?
Bunday holatda brigadir uchun umumiy qurilma yoki obyektga terminal qo'yish variantlari ko'rib chiqiladi.
Obyekt tugagach, uni hisobdan olib tashlash mumkinmi?
Ha. Obyekt yopiladi, lekin uning tarixi va ishlangan soatlari hisobotda saqlanib qoladi.
Bir ishchi bir necha obyektda ishlasa qanday bo'ladi?
Har obyektda o'z geozonasida belgilaydi. Soatlari obyektlar bo'yicha alohida ko'rinadi.

Obyektingizda 14 kun bepul sinab ko'ring

Bitta obyektdan boshlang. Karta talab qilinmaydi.